Rasman: "Los-Anjeles Gelaksi" "Barselona" futbolchisini o'z safiga qo'shib oldi

Administrator
4 avg 2022
"Barselona"ning yosh iqtidori faoliyatini okean ortida davom ettiradi.

"Los-Anjeles Gelaksi" rasman "Barselona" futbolchisi Riki Puchni o'z tarkibiga qo'shib olganini ma'lum qildi. Riki Puch va Amerika klubi 2025 yilgacha shartnoma imzolashdi. Klublar o'rtasidagi bitim shartlariga ko'ra, "Barsa" futbolchining keyingi sotuvidan tushgan mablag'ning 50 foizini oladi. Shu bilan birga, "Barsa"da futbolchini qayta sotib olish imkoniyati ham bor.

Puch o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.


AdministratorMuallif
Manba: fcbarcelona.com