

Jurnalist Fabricio Romano xabariga ko'ra, Meksika terma jamoasi futbolchisining transferi bo'yicha qaror chorshanba kuni qabul qilinadi.
Kataloniyaliklar barcha tegishli hujjatlarni La Ligaga yubordi. MLS'dan tasdiqlashni kutishgina qoladi. Transfer summasi 4 million evroni tashkil etadi va futbolchi bilan shartnoma 2026 yilgacha mo'ljallanadi.
Arauxo o'tgan mavsum MLS'da 31 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



