Messiga "Los Anjeles Gelaksi" qiziqmoqda, klub prezidenti Leoning otasi bilan gaplashdi

Alisher
19 fev 2020
"Los Anjeles Gelaksi" "Barselona" hujumchisi Lionel Messiga qiziqish bildirmoqda.

MLS klubi bosh murabbiyi Gilermo Barros Skelotto ehtimoliy transfer borasida 32 yoshli argentinalik futbolchining agenti va otasi Xorxe Messi bilan aloqaga kirishgan.

"Gelaksi" "Milan"ga ketgan Zlatan Ibragimovichning o'rniga o'rinbosar qidirmoqda.

Messi joriy mavsum barcha musobaqalarda 37ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol va 16ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Continental590