“Lokomotiv M” Yuriy Syomin bilan shartnomani uzaytirmadi

Eldor Akmurzayev
14 may 2020
Moskvalik “temiryo'lchilar” bosh murabbiyi Yuriy Syomin bilan kelishuvni bekor qilishini e'lon qildi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, tomonlar shartnoma uzaytirmaslikka qaror qilishgan.

Uning o'rnini esa 40 yoshli serbiyalik mutaxassis Marko Nikolich egallaydi.

Syomin “Loko”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. Jamoa esa RPL joriy mavsumining 22 turidan keyin 41 ochko bilan jadvalda 2-o'rinda bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fclm.ru