Rasman: "Liverpul" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
9 iyun 2020
"Liverpul" yarim himoyachi Adam Lallana bilan shartnomani uzaytirdi.

Yangi bitim 2019/20 yilgi mavsumning so'nggi qadar uzaytirildi. Bu haqda "qizillar" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbolchi 1 iyuldan erkin agent bo'lishi kerak edi. Ammo, "Liverpul" Lallanani joriy mavsum so'nggiga qadar saqlab qolishga qaror qildi, bitim vaqti koronavirus pandemiyasi tufayli o'zgartirildi.

Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasining joriy yilgi mavsumi avgust oyida yakuniga etadi.


AlisherMuallif
Manba: liverpoolfc.com