Rasman: Krestinin boshchiligidagi "Lokomotiv" murabbiylar shtabi iste'foga chiqarildi

Administrator
5 noya 2024
"Lokomotiv" klubi buni rasman e'lon qildi.

"Superliganing oxirgi turlarida ro'y bergan qoniqarsiz natijalar sabab "Lokomotiv" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin iste'foga chiqarildi.

Aleksandr Sergeevich bilan birga unga yordam bergan murabbiylar - Aleksandr Perov, Igor Kudrenko va Marko Bayich ham o'z lavozimlarini tark etishdi.

Ma'lumot uchun, asosiy jamoamiz Krestinin qo'l ostida 13ta o'yinda maydonga tushib, ikki bor g'alaba qozondi, 3 marta durang o'ynab, 8ta uchrashuvda imkoniyatni boy berdi.

Oxirgi turlardagi ketma-ket 5ta mag'lubiyat rossiyalik murabbiy iste'fosiga sabab bo'ldi. Aleksandr Sergeevichning keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz", -deyiladi "Lokomotiv" klubi bayonotida.

Eslatib o'tamiz, Championat.asia sayti bundan bir necha kun oldin "Lokomotiv"dagi o'zgarishlar haqida xabar bergandi.

Eshitdik-da! Samvel Babayan - "Lokomotiv" bosh murabbiyi!

Eshitdik-da! Babayan kelgach, Sanjar Tursunov "Lokomotiv"ni tark etdi


AdministratorMuallif
Manba: "Локомотив" клуби матбуот хизмати