Rasman: Fejsal Mulich - “So'g'diyona” futbolchisi

Alisher Ostonov
27 dek 2025
Jizzaxning “So'g'diyona” klubi o'z safida serbiyalik yarim himoyachi Fejsal Mulichni qo'shib oldi.

“Yangi mavsum oldidan yuksak maqsadlar sari dadil qadam tashlayotgan “So'g'diyona” jamoasi tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

Bugun klubimiz serbiyalik tajribali hujumchi Fejsal Mulich bilan shartnoma imzoladi. Tomonlar o'rtasidagi kelishuv 2026 yil yakuniga qadar amal qiladi.

Tajribali legioner haqida: Fejsal Mulich faoliyati davomida bir qator nufuzli Yevropa va Osiyo klublarida to'p surgan. Jumladan:

"Myunxen 1860", "Royal Moussron", "Hapoel Asre", "Hapoel Tel-Aviv", "Bnei Ehuda", Mura, "Velez Mostar", Seongnam, "Suvon Bluevings", Elimay va "Buriram United" jamoalari safida o'ynagan.

Fejsalga jamoamiz safida omad, ko'p gollar va yorqin o'yinlar tilaymiz!  

Xush kelibsiz, Fejsal!”, - deyiladi klub xabarida.


Alisher OstonovMuallif
Manba: "Сўғдиёна" матбуот хизмати