Rasman: Derdiyok erkin agent sifatida “Paxtakor” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi

Shveytsariyalik hujumchi “sherlar”ning yangi futbolchisiga aylandi.

Bu haqda klubning Telegramdagi rasmiy sahifasi xabar bermoqda.

Shveytsariya terma jamoasi safida jahon va Yevropa chempionatlari final bosqichi ishtirokchisi bo'lgan tajribali hujumchi Eren Derdiyok "Paxtakor"ning navbatdagi transferiga aylandi. Futbolchi jamoa bilan erkin agent sifatida ikki yillik shartnomaga imzo chekdi.

Derdiyok faoliyatini Shveytsariyaning "Old Boyz" jamoasida boshlagan. Keyinchalik yaxshi o'yinlari bilan o'sha paytda mamlakatda gegemon sanalgan klub "Bazel" e'tiborini jalb qilgan. Shundan so'ng Germaniya bundesligasida "Bayer" va "Xoffenxaym" klublari sharafini himoya qilgan. 2014 yildan u faoliyatini Turkiyada davom ettirib, "Qosimposho", "Galatasaroy" va "Go'ztepe" jamoalarida to'p tepdi. "Bazel" va "Galatasaroy" tarkibida Shveytsariya va Turkiya chempioniga aylangan. Milliy terma jamoasi safida esa ko'plab muvaffaqiyatli o'yinlarda maydonga tushib, Yevropa va jahon chempionatlari final bosqichlarida ishtirok etib, muxlislar qalbidan joy olgan.


"Sherlar" safiga xush kelibsan, Eren!


Eren DERDIYOK

Tug'ilgan sanasi: 12.06.1988

Tug'ilgan joyi: Bazel, Shveytsariya

Bo'yi: 191 sm

Ampluasi: hujumchi

Faoliyati

20042006  Old Boyz   18 o'yin, 10 gol

20062009  Bazel   63 o'yin, 17 gol

20092012  Bayer    90 o'yin, 25 gol

20122014  Xoffenxaym19 o'yin, 1 gol

20132014  Bayer   18 o'yin, 1 gol

20142016  Qosimposho   40 o'yin, 15 gol

20162019  Galatasaroy   63 o'yin, 20 gol

2019  Go'ztepe  5 o'yin

Shveytsariya terma jamoasida 60 uchrashuvda 11 gol urgan.


Yutuqlari: Shveytsariya chempioni-2008, Shveytsariya Kubogi sohibi-2008, Turkiya chempioni-2018, Turkiya Superkubogi sohibi-2016.

Shveytsariyaning eng yaxshi yosh futbolchisi-2008.





Manba: championat.asia