Rasman: Daniya TJ fulbeki “Atalanta”ga o'tdi

Eldor Akmurzayev
30 dek 2020
“Genk” o'ng qanot himoyachisi Yoaxim Mexle “Atalanta” a'zosiga aylandi.

Futbolchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi. 23 yoshli himoyachining transferi 11 mln evroga amalga oshgani aytilmoqda.

Mexle Daniya termasi safida 6 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. U bergamoliklar qaydnomasidan 4 yanvar kuni joy oladi. 

Shu tufayli, fulbek A Seriya 15-turi doirasida 3 yanvarda o'tadigan “Sassuolo”ga qarshi bahsda maydonga tusholmaydi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Atalanta_BC