Rasman: "City Football Group" kompaniyasi turk klubi bilan shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
18 fev 2024, 15:36
"City Football Group" Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubi bilan kelishuvga erishdi.

Endilikda Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubi ham "City Football Group" tizimida faoliyat yuritadigan va turli futbol loyihalari, jumladan, uzoq muddatli futbol strategiyasi, ma'lumotlarni tahlil qilish, transfer siyosati va mashg'ulotlar jarayonida hamkorlik qilishadi.    

Yaqin vaqtlarda kelishuv tafsilotlari ham e'lon qilinishi kutilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, "City Football Group" tizimida qator futbol klublari bo'lib, bugungi kunda ulardan eng mashhuri "Manchester Siti" hisoblanadi. 



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: City Football Group