City Football Group Hindiston klubidagi ulushini sotdi

Sherzod Nurmatov
26 dek 2025
"Manchester Siti" egalari bo'lgan City Football Group Hindistonning "Mumbay" klubidagi ulushini sotgani ma'lum bo'ldi.

Bu haqda klub matbuot xizmati e'lon qildi.

CFG bayonotiga ko'ra, xolding Hindiston Superligasining kelajagi noaniqligi sababli shunday qaror qabul qilgan va o'zining 65 foiz ulushini sotmoqda. Endi klub boshqaruvi uning asoschilari qo'liga o'tadi.

Qayd etilishicha, Hindiston chempionati hozirda tijoriy hamkor topishdagi qiyinchiliklar sabab xavf ostida. Shuningdek, mamlakatda pasayish (diviziondan tushish) tizimi mavjud emas - bu tizim o'tgan mavsumga qadar joriy etilishi rejalashtirilgandi, ammo amalga oshmadi.

"Manchester Siti"dan tashqari, City Football Group tarkibiga quyidagi klublar ham kiradi: 

"Jirona", "Nyu-York Siti", "Melburn", "Montevideo", "Yokogama", "Palermo", "Bolivar" va Braziliyaning "Baiya" jamoasi.

Avvalroq City Football Group'da ulushga ega bo'lgan Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi Electronic Arts kompaniyasiga homiy bo'lishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o'tamiz, City Football Group shu yilning yozida O'zbekistonda o'z klubiga ega bo'lishi mumkinligi haqida ham ma'lumot chiqqan edi.  


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano