"Manchester Siti"ga egalik qiladigan "City Football Group" O'zbekistonda o'z klubiga ega bo'lishi mumkin

Sherzod Nurmatov
27 iyun 2025
Bu haqda MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Abduqodir Husanovning transferi ortidan o'zbek futboliga qiziqish ortgan va ayni paytda klublarimizdan birini "City Football Group" tarkibiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralar o'tkazilmoqda.

Lekin Otabek Umarov bu aynan qaysi klub ekanligiga aniqlik kiritmadi.

Ma'lumot uchun, Mansur Al Nahayyonga tegishli "City Football Group" futbol xoldingi tarkibiga "Baiya" (Braziliya), "Lommel" (Belgiya), "Nyu-York Siti" (AQSH), "Melburn Siti" (Avstraliya), "Montevideo Siti Torke" (Urugvay), "Jirona" (Ispaniya), "Yokogama F Marinos" (Yaponiya), "Trua" (Fransiya), "Mumbay Siti" (Hindiston), "Chichuan Czyunyu" (Xitoy) kabi klublar, shuningdek, hamkor-klublar "Bolivar" (Boliviya), "Palermo" (Italiya) kiradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia