Rasman: "Barselona" Maskerano Xitoyning "Xebey Chayna Forchun" klubiga o'tayotganini tasdiqladi

Tolibjon Qosimov
24 yanv 2018
Yarim himoyachi Xaver Maskerano Ispaniyaning "Barselona" jamoasidan Xitoyning "Xebey Chayna Forchun" klubiga o'tadi.

Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar berdi.

33 yoshli argentinalik Xitoy klubi ixtiyoriga 26 yanvar kuni borib qo'shiladi. Kelishuv haqida batafsil ma'lumot berilmadi.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, xitoyliklar futbolchi uchun 10 million evro to'lashadi. O'yinchining o'zi ikki yillik shartnomaga imzo qo'yadi va shu muddat davomida 19 mln evro maosh oladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbarcelona.com