Rasman: "Barselona" futbolchi xarid qildi

Alisher
21 iyun 2019, 10:23
Himoyachi Mayk van Beynen "Barselona" o'yinchisiga aylandi.

20 yoshli gollandiyalik klub bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi va uning tovoni puli 100 million evroni tashkil etadi. Bu haqda klub rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.

Van Beynen kataloniyaliklar tarkibiga erkin agent maqomida kelib qo'shildi. U bungacha "NAK Breda" klubida to'p surgan.

Futbolchining otasi Ali Darsun "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongning agenti hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: fcbarcelona.com