Rasman: Ayman Hussayn - "Paxtakor" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
4 avg 2026, 00:40
Iroqlik Ayman Hussayn "Paxtakor" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda “sherlar” matbuot xizmati e'lon qildi.

30 yoshli hujumchi hamda “Paxtakor” o'rtasidagi bitim mavsum oxirgacha mo'ljallangan. Ayman Hussayn JCH-2026da Iroq terma jamoasining yagona goliga mualliflik qilgan edi.

Faoliyatida davomida u Iroqning "Duxok", "Naft", "Shorta", "Al Quva Javiya", "Karma", Tunisning "Sfaksien", Qatarning "Umm Salal", "Markiya", "Al Xor", "Al Vakra", BAAning "Al Jazira" va Marokashning "Raja Atletik" klublari safida o'ynagan. Klublari safida chempionat o'yinlarida 120 gol urgan. Iroq terma jamoasi tarkibida 34 to'p kiritgan. U Olimpiya o'yinlari va Jahon Kubogi final bosqichida gol urishga erishgan.

photo_2026-08-04_00-35-48.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia