Rasman: "Atletiko" "Valensiya" yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
3 noya 2020, 16:53
"Valensiya" yarim himoyachisi Joffre Kondogbia faoliyatini Madridning "Atletiko" klubida davom ettiradi.

Bu haqda "Atletiko" rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda.

27 yoshli futbolchi "matraschilar" bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Bitim narxi oshkor etilmayapti, ammo Marca'ning xabariga ko'ra, Madrid klubi "ko'rshapalaklar"ga 15 mln evro atrofida to'lagan.

Kondogbia "Lans" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi (2010-2012 yillarda o'ynagan) va shundan so'ng "Sevilya", "Monako" va "Inter" klublari sharafini ham himoya qilgan. Xavbek "Valensiya"ga dastlab ijara asosida kelgan, keyinchalik esa to'laqonli shartnoma tuzilgan. Joffrey 2013-2015 yillarda Fransiya terma jamoasi chaqirilgan, keyin esa futbolchi MAR (Markaziy Afrika Respublikasi) termasida o'ynashga qaror qilgan.

Kondogbia joriy mavsum La Liga doirasida 5ta o'yinda maydonga tushdi.

Takidlash kerakki, Joffre "Arsenal"ga transferlar oynasining so'nggi daqiqalarida o'tib ketgan Tomas Partiga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com