Rasman: "Arsenal" Trossardni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi

Administrator
20 yanv 2023
Futbolchi "Brayton" to'purari edi.

"Arsenal" klubi Leando Trossard transferini e'lon qildi. "Brayton" sobiq futbolchisi London klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Avvalroq, Fabricio Romano ushbu transfer tafsilotlarini e'lon qilgandi. Unga ko'ra, "Arsenal" Trossard uchun 21+5 mln funt to'laydi. Futbolchining shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.

Ma'lumot uchun, Trossard "Brayton"ning ushbu mavsumdagi to'purari edi. Futbolchi ushbu mavsum "Brayton" safida  APLda 16 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga erishdi. 


AdministratorMuallif
Manba: www.arsenal.com