

24 yoshli vinger Belgiyaning “Bryugge” klubidan Angliya chempionlari safiga ko'chib o'tdi va uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, Colis transferi “Arsenal”ga 40 million evroga tushgan.

Futbolchi “Bryugge” tarkibida 108 o'yinda maydonga tushib, 43 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Gretsiya terma jamoasi safida 34 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urishni uddalagan Xristos “kanonirlar” libosida 17-raqam ostida to'p tepadi.



