Rasman: "Aral" "Qo'qon-1912" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Iskandarov Abdulaziz
9 fev 2025
Pro liga vakili "Aral" yangi mavsumga Toshkentda tayyorgarlik ko'ryapti.

Jamoa qishki transferlar oynasida tarkibiga yangi futbolchilarni jalb qilmoqda. Xususan, klub tajribali futbolchi Doniyor Ismoilov bilan rasman shartnoma imzoladi. O'tgan mavsumni "Qo'qon-1912"da o'tkazgan yarim himoyachi endilikda Nukusda to'p tepadi. 

Doniyor Ismoilov bunga qadar faoliyati davomida OKMK, "Dinamo", "Turon", "Kiran", "Metallurg" jamoalarida harakat qilgan. Futbolchi 2024 yil Pro ligada 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Арал" матбуот хизмати