Rasman: "Andijon" Vagiz Galiulin uyiga qaytganini e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
12 iyul 2024
2 iyul kuni mamlakatimizda yozgi transfer oynasi ochilganidan xabaringiz bor.

Klublarimiz esa tarkibni shakllantirish jarayonini allaqachon boshlab yuborishgan.

"Andijon" jamoasi yozgi dastlabki transferni amalga oshirdi. O'zbek futboli ixlosmandlari yaxshi biladigan, tajribali futbolchi Vagiz Galiulin jamoaga qaytdi.

Vagiz "Andijon" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyatining asosiy qismini Rossiya Premer-ligasi hamda birinchi divizionida o'tkazgan. Qanot yarim himoyachisi oxirgi to'rt yilni “Nefteximik” klubida o'tkazdi va u erda jamoa sardori sifatida to'p tepdi.

"Andijon" hamda Galiulin o'rtasida 1,5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi.

Ma'lumot uchun:

Vagiz Galiulin

Tug'ilgan yili: 10.10.1987

Ampluasi: Qanot yarim himoyachisi

To'p tepgan jamoalari: "Andijon", "Buxoro", "Rubin", "Sibir", "Ufa", "Tosno", "Tambov" va "Nefteximik".

Erishgan yutuqlari: Rossiya chempioni – 2008 ("Rubin").

Rossiya Superkubogi – 2009-10 ("Rubin").

Rossiya Kubogi – 2018 ("Tosno").


Shuningdek, O'zbekiston milliy terma jamoasi sharafini ham himoya qilgan. Oxirgi o'yinini 2021 yilda o'tkazgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: https://t.me/andijonpfc