

79 yoshli murabbiy bilan shartnoma 2026 yilgacha mo'ljallangan. Luchesku salkam 38 yildan so'ng jamoaga qaytdi, u 1981 yildan 1986 yilgacha Ruminiya terma jamoasida ishlagan.

Ruminiya futbol federatsiyasi Luchesku oldiga 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqish va Millatlar Ligasida eng yaxshi natijaga erishish vazifasini qo'ydi.
Bungacha Luchesku Turkiya terma jamoasi, Milanning "Inter", Turkiyaning "Galatasaroy", "Buxarest" Rapid", shuningdek, Ukraina klublarida faoliyat yuritgan.



