Rasman: 10 iyul kuni evrokuboklarning keyingi bosqichiga qur'a tashlanadi

Sherzod Nurmatov
9 iyul 2020
Evrokuboklar qaytmoqda.

UEFA Yevropa Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasining 1/4 hamda 1/2 final bosqichlariga qura tashlash marosimi o'tkaziladigan sanani e'lon qildi. Marosim 10 iyul, juma kuni Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi.

Xabaringiz bor, 4 jamoa allaqachon YCHLning chorak final bosqichiga yo'l olishga ulgurgan - PSJ, "Atalanta", "Atletiko"   va "RB Leyptsig".

Mazkur bosqichning qolgan ishtirokchilari 7-8 avgust kunlari quyidagi juftliklar orasida o'tkaziladigan javob bahsidan keyin ma'lum bo'ladi: 

"Bavariya" - "Chelsi" (3:0) 

"Barselona" - "Napoli" (1:1)

"Man Siti" - "Real" (2:1)

"Yuventus"  - "Lion" (0:1)

Ma'lumot uchun, YCHLning keyingi bosqich bahslari bir o'yindan iborat bo'ladi va Portugaliya poytaxti Lissabon shahrida o'tkaziladi: 

1/4 final - 12-15 avgust

1/2 final - 18-19 avgust

final - 23 avgust

Yevropa Ligasi 1/8 finali doirasida qoldirilgan javob bahslari 5-6 avgust kunlari o'tkaziladi. Hozircha UEFA ushbu o'yinlarni qayerda o'tkazish borasida qaror qabul qilmagan.

Alohida aytish kerakki, "Inter" - "Xetafe",  "Sevilya" - "Roma" juftliklari orasidagi dastlabki o'yin ham o'tkazilmagan, shu tufayli ular keyingi bosqich masalasini neytral maydon(Germaniya)da o'tkaziladigan bir uchrashuvda hal qilishlari kerak.

Shuningdek, Yevropa Ligasining 1/4 va 1/2 final bosqich bahslari 10-21 avgust kunlari Germaniyada o'tkaziladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia