Rangnik: “Matematik jihatdan top-4'ga kirish uchun hali imkonimiz bor”

Eldor Akmurzayev
3 apr 2022
APL 31-turida “Lester” bilan o'ynalgan durangdan (1:1) keyin MYU ustozi Ralf Rangnik o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Agar o'yinni umumiy ko'rib chiqsak, durang – bu normal holat deb o'ylayman. Oxirgi 15 daqiqalikda g'alaba golini urishga harakat qildik, 2-3 ta yaxshi imkoniyat bo'ldi.

Matematik jihatdan kuchli to'rtlikka kirish imkoni bor ekan, iloji boricha ko'proq o'yinlarda g'alabaga erishib, bunga uddalashga intilamiz. Ochig'i, 2 ochko yo'qotganimizdan keyin ahvolimiz yaxshilangani yo'q. Mavsumni yuqori notada yakunlashimiz shart. “Everton”ga qarshi uchrashuvga tayyorgalik ko'rishimiz va g'alaba qozonishimiz lozim”, deydi Rangnik.

“Qizil iblislar” musobaqa jadvalida 51 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda. Jamoani YCHL pog'onasida 3 ochko ajratib turibdi. 4-pog'onadagi “Arsenal” bu turdagi o'yinini hali o'tkazmadi va bitta zaxira uchrashuvi ham bor.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport