Ranerini onasi: "Hammasi o'z joyiga tushdi, endi o'g'lim - Angliya chempioni"

Aslanov Jasurbek
4 may 2016
"Lester" bosh murabbiyi Klaudio Raneri onasi Renata Raneri o'g'lining Angliya chempionatidagi g'alabasi haqida fikr bildirdi.

"O'yindan keyin yig'ladim. Keyin o'g'lim menga va boshqa oila a'zolariga qo'ng'iroq qildi. O'sha kecha o'zgacha bo'ldi. Hamma baxtli edi va endi bundan rohatlanishimiz mumkin. Bunday bo'lishini hech kim kutmagandi, ammo Klaudio jamoada haqiqiy professionallarni yig'a oldi.

Hammasi o'z joyiga tushdi, endi o'g'lim - Angliya qiroli. Hozir butun dunyo bizni maqtayapti va hammaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Klaudio avval ham sovrin qo'lga kiritgan, ammo hurmat etarlicha bo'lmagan. U bilan faxrlanamiz" - deydi mutaxassisning onasi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Repubblica