Ramosning akasi Serxio haqida mish-mishlarga javob qaytardi

Eldor Akmurzayev
7 noya 2021
PSJ himoyachisi Serxio Ramosning agenti va akasi Rene Ramos ispaniyalikning klub bilan shartnomasini bekor qilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

“Serxio PSJ bilan shartnomasini bekor qilmoqchi emas, u faoliyatini ham yakunlamaydi. Imkon tug'ilishi bilan u maydonga qaytadi. Bu jismoniy holat bilan bog'liq”, deydi Rene Ramos.

Eslatib o'tamiz, 35 yoshli futbolchi yozda erkin agent sifatida parijliklar a'zosiga aylandi va jarohati tufayli yangi jamoasida hali debyut qilishga ulgurmadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El Mundo