Raja Nainggolan Belgiyaga qaytdi va "Antverpen" bilan shartnoma imzoladi

Alisher
15 avg 2021
Yarim himoyachi Raja Nainggolan rasman "Antverpen" o'yinchisiga aylandi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

33 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida "Kalyari"da ijara asosida o'tkazdi. Belgiyalik Italiya chempionati doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

U yozda "Inter"ga qaytdi, ammo klub bilan shartnomasini bekor qildi va erkin agent maqomini oldi.


AlisherMuallif
Manba: royalantwerpfc.be