

"Qancha ko'p o'ynasang, o'zingni shuncha yaxshi his qilasan. Futbolchi uzoq vaqt maydonga tushmasa, juda qiynladi.
Van Gal kelganida uning rejasiga kirmasligimni tushundim. To'g'risini aytsam, van Gal qo'l ostida futbol o'ynash yoqmasdi. Men futboldan rohatlanishni yaxshi ko'raman. O'tgan yili buni his qilmadim.
Har bir mutaxassisning o'z o'yin uslubi bor, ammo natija muhim. Futbol muxlislar uchun yaratilgan. Ular yaxshi futbol ko'rishni istashadi" - deydi himoyachi.



