Radamel Falkaoga 16 oylik qamoq jazosi tayinlandi

Aslanov Jasurbek
24 may 2018, 12:19
Ispaniya sudi "Atletiko" sobiq forvardi, hozirda "Monako" sharafini himoya qilayotgan Radamel Falkaoni soliq to'lashdan bo'yin tovlash ishida aybdor deb topdi.

Kolumbiyalik hujumchiga 16 oylik qamoq jazosi tayinlandi va futbolchi 9 mln. evro jarima to'laydi. Ispaniya qoidalariga ko'ra, avval sudlanmagan shaxs bunday jazo bilan qamoqqa o'tirmaydi. Falkao 2012 va 2013 yillarda daromadini yashirganlikda ayblanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca