Raboning onasi: "Adrienning "Yuventus"ga o'tishi? Bu haqida gapirishga erta"

Mirjalol Normatov
28 iyun 2019, 00:34
PSJ yarim himoyachisi Adrien Raboning onasi Veronika Raboning aytishiga ko'ra, klub rahbariyati futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmagan.

"PSJ o'g'limga yangi shartnoma taklif qilmagan. Buni men rasman tasdiqlayman. OAVda Leonardo o'g'lim bilan uchrashib, yangi shartnoma taklif qilganligi borasida o'qidim. Ammo bu yolg'on.

Uning "Yuventus"ga o'tishi? Hali hal bo'lmagan narsalar haqida gapira olmayman", - dedi Raboning onasi.

24 yoshli futbolchining shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi va u erkin agentga aylanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RTL