"Marsel" janjalkashlarni rasman badarg'a qilmoqda. Raboga takliflar bor

Administrator
19 avg 2025
Adrien Rabo Italiyaga qaytishi mumkin, Rou ham ketadi.

Bugun ma'lum bo'lishicha, "Marsel" Adrien Rabo va Jonatan Rou o'rtasidagi kelishmovchilikdan so'ng, ikkala futbolchini ham transferga qo'ygan. Klub bu haqda rasman ma'lum qildi. Jamoa ichki muhitiga ta’sir o'tkazgan futbolchilar kechirilmadi. RMC Sport xabar berishicha, 30 yoshli Adrien Raboni qisqa muddatda sotish qiyin bo'lsa-da, unga yirik klublar, jumladan "Yuventus" va "Milan" qiziqish bildirmoqda.

Rabo 2019 yildan 2024 yilgacha "Yuventus" safida to'p surgan va erkin agent sifatida jamoadan ketgan.

2024/25-yilgi mavsumda yarimhimoyachi Liga 1da 29 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urgan.


Eslatib o'tamiz, Liga 1'ning 1-turida "Renn"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:1) "Marsel" klubining kiyim almashtirish xonasida futbolchilar o'rtasida mushtlashuv kelib chiqqandi.

Hammasi Roudan boshlandi, u tanqiddan g'azablanib, Raboga shapaloq tushirmoqchi bo'ldi. Xodimlar ularni ajratishdan oldin futbolchilar bir-biriga zarba berishga ulgurdi.


AdministratorMuallif
Manba: RMC Sport