Qozog'istonda sensaciya! "Qayrat"ning 21 yillik gegemonligiga chek qo'yildi

Tolibjon Qosimov
19 iyun 2024, 11:53
Qozog'istonda futzal chempionati o'z yakuniga etdi.

Qo'shnilarimizda "Qayrat" jamoasi uzoq yillardan beri yaqqol gegemonlik qilib kelishidan ko'pchilikning xabari bo'lsa kerak. Bu mavsum ana shu yetakchilikka chek qo'yildi. "Semey" futzal klubi Qozog'iston futzal chempionatining final seriyasida "Qayrat"ni hal qiluvchi bahsda penaltilar seriyasida taslim etdi va mamlakatning yangi chempioniga aylandi.


Eslatib o'tamiz, "Qayrat" ketma-ket 21 yildan beri Qozog'iston chempioni bo'lib kelayotgan edi.

27 yildan beri o'tkazib kelinadigan futzal bo'yicha Qozog'iston chempionatining barcha g'oliblari.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia