Qozog'iston klublari Superliganing ikki nafar murabbiyiga qiziqishmoqda

Sherzod Nurmatov
23 noya 2022
Superliganing ikki murabbiyi QPL klublari nazariga tushdi.

Bu haqda KazFootball.kz xabar berdi.

Ulardan birinchisi qozog'istonlik muxlislarga yaxshi tanish va ushbu mamlakatda o'ziga xos iz qoldirgan – Ulug'bek Bakaev. U "Tobol", "Jetisu" va "Irtish" jamoalarida o'ynagan. Qozog'iston chempioni va Qozog'iston kubogi sohibiga aylangan. Qozog'iston chempionatining to'rt karra eng yaxshi to'purari, umuman olganda, Premer-ligada 111 ta gol urgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so'ng "Buxoro", keyin "So'g'diyona"da bosh murabbiylik qilgan.

Ikkinchisi 50 yoshli tojikistonlik mutaxassis, "Neftchi" ustozi – Vitaliy Levchenko. Yoshligida uni Xo'janddan Kievning "Dinamo"siga olib kyetishgan va u erda ikkinchi jamoada o'ynagan. Ukrainaning SSKA va "Tavriya" klublaridan keyin Rossiya va Xitoy klublarida to'p tepgan. Tojikiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Murabbiylik faoliyatini Ukrainada boshlagan. Ukraina yoshlar terma jamoasi murabbiyi, Tojikiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, Tojikiston terma jamoasi murabbiylar shtabi, tojik klublari va Samaraning "Krilya Sovetov" jamoasida faoliyat yuritgan. Tojikistonning "Istiqlol"i bilan birgalikda ikki marta Tojikiston chempioni va Superkubogi sohibiga aylangan. Shuningdek, Tojikistonning ikki karra eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: kazfootball.kz