

SofaScore portali Qozog'iston Premer-ligasining ilk turida o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy jamoani shakllantirdi. "Turon" tarkibida "Okjetpes" bilan bahsda "gol+pas" qayd etgan Shahboz Umarov undan o'rin oldi.

Bundan tashqari, o'zbekistonlik 25 yoshli vinger portal ekspertlari tomonidan 9,6 ballga loyiq ko'rildi va dastlabki turning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, "Turon" 9 mart kuni 2-tur doirasida "Aktobe" mehmoni bo'ladi.



