Qozog'iston chempionati. "Ordabasi" yirik g'alabaga erishdi, Abdumajidov to'liq o'ynadi

Оқил Абдубарноев
29 iyun 2022
Qozog'iston chempionati doirasida "Ordabasi" - "Aksu" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritib, yirik g'alabani qo'lga kiritdi. 8-daqiqada Sultanov mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, 38-daqiqada Sadovskiy oradagi farqni oshirdi. Ikkinchi bo'limning 87-daqiqasida esa Astanov hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Shu tariqa, "Ordabasi" muxlislari ko'z o'ngida uch ochko sohibiga aylandi. Qayd etish joiz, mezbonlar tarkibida o'zbekistonlik futbolchi Odilbek Abdumajitov o'yinni to'liq maydonda o'tkazdi va jamoasining muvaffaqiyatiga hissa qo'shdi.

"Ordabasi" mazkur g'alabadan so'ng 23 ochkoga ega bo'lgan holda Qozog'iston chempionati turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia