"Qo'qon-1912": "Bunyodkor"ga qarshi o'yin chiptalari sotuvda

Narzulla Saydullayev
7 noya 2017, 15:06
Oliy liganing 28-turida jamoamiz Toshkentning “Bunyodkor” klubini qabul qiladi.

“Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvi uchun chiqarilgan chiptalar bugundan “Markaziy” stadion kassalarida sotuvga chiqarildi. Chiptalar doimgidek 10 000 va 5 000 so'mdan sotilmoqda.

“Qo'qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvi 9-noyabr , payshanba kuni soat 15-00 da Qo'qondagi “Markaziy” stadionida boshlanadi.

Ertaga 8 noyabr kuni esa ushbu jamoalarning o'rinbosarlar tarkiblari o'zaro bellashadilar. O'rinbosarlar o'rtasidagi bahs soat 14-00da start oladi.

Barchangizni stadionimizga taklif qilamiz !



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz