"Qo'qon-1912" Ivan Yosovich bilan ikki yillik shartnoma imzoladi

Aziz Tukhtamuradov
25 dek 2021, 09:34
"Qo'qon-1912" jamoasining serbiyalik markaziy himoyachisi Ivan Yosovich yana ikki mavsumni Qo'qonda o'tkazadigan bo'ldi.

Jamoa rahbariyati tajribali markaziy himoyachi bilan 2023 yilning so'nggiga qadar shartnoma imzoladi.

Ivan Yosovich o'tgan 2021 yilgi futbol mavsumida himoyachi bo'lishiga qaramasdan superliga o'yinlarida  raqiblar darvozasini 5 marta, O'zbekiston kubogi bahslarida 1 marta ishg'ol qilib jamoa to'purariga aylandi. Shuningdek Ivan 2 ta o'yinda golli uzatmani amalga oshirgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: t.me/FCKOKAND