"Qo'qon-1912": Bolajonlarga prezident sovg'alari topshirildi

Narzulla Saydullayev
30 dek 2017
Qo'qon shahridagi 51-sonli maktabgacha talim muassasasida, “Qo'qon-1912” futbol klubi qoshidagi “Jajji shunqorlar” futbol guruhlari tashkil etilgan.

Kuni kecha talim maskaniga bolajonlarga atalgan “Prezident sovg'asi”  yetib keldi.


51-sonli talim muassasasida yangi yilga bag'ishlangan bayram tadbiri uyushtirildi. Tadbirda ota-onalar, mahalla faollari hamda “Qo'qon-1912” jamoasining murabbiy va futbolchilari ishtirok etishdi.  Davlatimiz rahbarining bolajonlarga atalgan sovg'asi barcha bolajonlar va ularning murabbiylarini xursand qilib yubordi.
 
Sovg'alarni bolalarga o'zlari sevgan futbolchilari topshirishlari esa ularning xursandchiliklarini ikki hissa oshirdi. Tadbirda ishtirok etgan jamoamiz katta murabbiyi  Aziz To'xtaboev hamda futbolchilar  Jalil Kimsanov, Sobir Hamidovlar bolajonlarni yangi yil bilan qutlab, ulardan kelajakda vatanimiz ravnaqiga hissa qo'shadigan buyuk insonlar yetishib chiqishiga umid bildirdilar.


Bayram bolajonlarning sho'x-shodon raqslari va qo'shiqlari bilan yanada fayzli o'tdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz