"Qizilqum" - "So'g'diyona". Jamoalar qanday rangli formada o'ynashlari ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
11 iyun 2018
"Qizilqum" - "So'g'diyona" uchrashuvidan oldidan qisqa yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda ikkala jamoa vakillari, uchrashuv nazoratchisi va komissari ishtirok etishdi. Unda bugungi bahsga oid tashkiliy masalalar bo'yicha so'z ketdi. Shuningdek bugun "Qizilqum" ko'k rang formada, "So'g'diyona" oq-qora rangli formada maydonga tushadigan bo'lishdi. 

O'yin soat 19:30da "Yoshlar" sport majmuasida boshlanadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Қизилқум” матбуот хизмати