"Qizil iblislar"ning ikki hujumchisi Manchester derbisini o'tkazib yuborishi mumkin

Iskandarov Abdulaziz
29 sen 2022, 19:50
"Manchester Yunayted" hujumchilari Markus Reshford va Antoni Marsyal 2 oktyabr kuni "Manchester Siti"ga qarshi APLning 9-tur uchrashuvini jarohatlari sababli o'tkazib yuborishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, joriy haftada ikkala futbolchi ham jarohatlari sabab mankunianliklarning umumiy guruhida mashg'ulot o'tkazmagan, shu bois ularning bo'lajak o'yindagi ishtiroki so'roq ostida qolmoqda.

Oldinroq "Manchester Siti"ga qarshi o'yinni "qizil iblislar" himoyachisi Xarri Maguayr ham o'tkazib yuborishi haqida xabarlar tarqalgandi.

24 yoshli Reshford joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida 6 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli Marsyal hisobida esa bir uchrashuvda bir golli uzatma mavjud.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" - "Manchester Yunayted" o'yini 2 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: The Times