"Qirol kubogi". Suriya penaltilar seriyasida Tailandga mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2016
Kecha Tailandda "Qirol kubogi" musobaqasi start oldi.

JCH-2018 saralashidagi O'zbekistonning raqibi Suriya terma jamoasi Tailand bilan o'ynadi. Uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida tailandliklarga omad kulib boqdi. Ertaga finalda Tailand va Iordaniya to'qnash keladi. Uchinchi o'rin uchun bahsda BAA Suriya bilan kuch sinashadi.

Qirol kubogi-2016
Yarim finallar
BAA - Iordaniya 1:3
Gollar:
Sulton 45+2 - Sulaymon 8, Hamza 50, Muhannad 68

Tailand - Suriya 2:2 (penaltilar seriyasi 7:6)
Gollar:
Terasil 20, Mongkol 43 - Mahmud 60, Abdulfattoh 86
Suriya: Yusuf Mahmud, Ajan Mouaiad, Solih Ahmad, Baour Jihod, Shbli Ala, Mido Hamid, Mobayed Xolid, Kruma Txaer, Yusuf Fahd, Mavas Mahmud, Douni Ahmad
Zaxiradan tushganlar: Nassuh Nakdali, Osama Omari, Abdulfattah Al Aga.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia