"Qirol kubogi". Shamsiddinov uchun musobaqa tugadi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2015
Tailandda "Qirol kubogi" musobaqasi davom etmoqda.
Kecha O'zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqaning ilk turida Janubiy Koreya olimpiyachilariga qarshi o'ynab 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.

Ushbu bahsda vakillarimiz Jaloliddin Masharipov va Toxir Shamsiddinov qizil kartochka olib maydonni tark etishgandi.

Olingan ma'lumotga ko'ra, Masharipov ikkinchi turdan o'rin olgan Tailandga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Raqibni urgan Toxir Shamsiddinov esa Tailand va Gondurasga qarshi o'yinlarda ishtirok eta olmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia