

"O'yin qanday bo'lganini natija aytib turibdi. O'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik, chunki Yaponiya qanday jamoa ekanligini hamma yaxshi biladi. Yaponiya terma jamoasai bizni bir necha turnir yarim va chorak finallarida mag'lub etgan. Bugun esa biz g'alaba qozonadigan kun edi. Haqli ravishda g'alaba qozondik deb o'ylayman.
Avstraliyaga qarshi o'yin nafaqat jamoamiz uchun, balki butun Qirg'iziston uchun muhim sanaladi. Nasib qilsa o'sha o'yinda ham g'alaba qozonamiz" - deya o'z fikrlariga yakun yasadi Nurjan Jetebaev.
Eslatib o'tamiz, Avstraliya hamda Qirg'iziston terma jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga soat 16:00da boshlanadi. O'yin g'olibi Osiyoning beshinchi jamoasi sifatida JCHga yo'llanmani qo'lga kiritadi.




