"Qayrat": "Real" bilan o'yin uchun chiptalar sotuvga chiqarilmagan va narxlar tasdiqlanmagan"

Mirjalol Normatov
31 avg 2025
"Qayrat" matbuot xizmati muxlislarga murojaat bilan chiqdi.

Unga ko'ra YCHL doirasida 30 sentyabr kuni bo'ladigan "Qayrat" - "Real" uchrashuvining chiptalari hali sotuvga chiqarilmagan.

"Ijtimoiy tarmoqlar orqali UEFA YCHL doirasida "Qayrat" - "Real" bahsi uchun chiptalarning sotuvga chiqarilgani borasidagi xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.

Bu boradagi rasmiy ma'lumotni faqatgina "Qayrat" rasmiy sahifalari orqali olishingiz mumkin.

Hozircha chiptalar qachon va qanchaga sotilishi tasdiqlanganicha yo'q. Muxlislarga boshqa manbalarga ishonmaslikni so'rab qolamiz", - deb yoziladi deyiladi rasmiy ma'lumotda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/f.c.kairat