Qarshidagi “Markaziy” va “Geolog” stadionlari qordan tozalanmoqda

Narzulla Saydullayev
24 fev 2015, 10:37
“Nasaf” PFK rasmiy tvitteri bergan xabarlariga ko'ra, “Ayni paytda “Markaziy” stadionda futbol maydon qordan tozalanmoqda”,-deyiladi xabarda.
Ha, ob-havo injiqlari Qarshidagi “Markaziy” stadion xodimlari uchun ortiqcha tashvish bo'lgani rost. Ular tomonidan stadion kechani o'zida uchrashuvga tayyor qilib qo'yilgan edi. Ammo kuchli yoqqan qor ishni ko'paytirdi. Stadion ishchilari ayni paytda maydonni va keyin tomoshabinlar uchun muljallangan skameykalarni qordan tozalashmoqda, ishqilib ularning mehnati zoe ketmasa bo'ldi. Zero, ular tomoshabinlar uchun bayram bayramdek o'tishi uchun barcha imkoniyatlarini ishga solishmoqda.

Hozirgi paytda Qarshidagi yana bir stadion – “Geolog”ni ham qordan tozalashga kirishilgan. Bu yerda bugun mehmon jamoaning asosiy mashg'ulotlariini o'tkazish rejalashtirilgan.











Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: voha.uz