Pulishich jarohati tufayli bir necha haftani o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
10 yanv 2023, 13:23
"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Chelsi" hujumchisi Kristian Pulishich jarohatga yo'liqdi.

Pulishich "Chelsi"ning APL doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi bahs (0:1) birinchi taymida majburan almashtirildi.

Futbolchi tizzasidan jarohat oldi va tiklanish uchun bir necha hafta kerak bo'ladi.

Pulishich joriy mavsumda "ko'klar" safida barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports