PSJning muhim futbolchisi "Barselona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Alisher
24 mar 2024
Bredli Barkolya "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.

PSJ vingeri Kot-d'Ivuarga qarshi Fransiya U23 terma jamoasi safidagi o'yinda tezlanish ola turib chap sonining orqasini jarohatlab oldi.

21 yoshli futbolchining 10 aprel kuni "Barselona"ga qarshi o'ynay olmasligi mumkinligi aytilmoqda.

Barkolya joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 21ta o'yinda 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport