PSJ "Tottenxem" yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
11 dek 2020
Angliya terma jamoasi va "Tottenxem" xavbeki Dele Alli qishki transferlar oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

24 yoshli yarim himoyachi bilan Fransiyaning PSJ klubi shartnoma imzolamoqchi. Parij grandi rahbariyati futbolchini keyinchalik 30 million evro evaziga xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. "Shporlar" o'z navbatida 50 mln talab qilishmoqda.

Alli joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushdi.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi "Tottenxem"ga 2015 yilda "MK Dons"dan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail