PSJ "Tottenxem" sport direktori bilan aloqaga chiqdi

Alisher
12 mar 2022
PSJ yangi sport direktori qidirib "Tottenxem"da ishlayotgan Fabio Paratichiga e'tiborini qaratdi.

PSJ italiyalik bilan aloqaga chiqdi. Francuz klubi uning o'tishi amalga oshishi haqiqatga yaqin ekanligini bilmoqchi.

Paratichi "Tottenxem"ga 2021 yilning iyunida kelgandi. Bunga qadar esa "Yuventus"da ishlagan.

Leonardo PSJ sport direktorligida 2019 yildan beri ishlaydi. Ammo, klub rahbariyati braziliyalikdan norozi va unga o'rinbosar izlamoqda.


AlisherMuallif
Manba: TMW