PSJ prezidenti Neymarning Kavani bilan munosabati va uning "Real"ga o'tishi haqida fikr bildirdi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2018, 16:04
PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi jamoa hujumchilari Neymar va Edinson Kavani o'rtasidagi munosabat haqida berilgan savolga javob qaytardi.

O'tgan yilning kuzida futbolchilar maydonda penalti talashib qolgan edi.

"Neymar va Kavani o'rtasidagi munosabatlar juda yaxshi, ammo jurnalistlar yo'q joydan muammo qidirishmoqda. Biz jamoaga va o'yinlarga e'tibor qaratishimiz kerak.

"Real"? Neymar va uning oilasi bilan suhbatlashdim, u Parijda juda baxtli. Neymar mavsum oxirida jamoani tark etmaydi" - deyid Al-Xelayfi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca