PSJ Oreni ortga qaytarmoqchi

Sherzod Nurmatov
6 may 2021
PSJ "Roma"dan ijaraga olingan himoyachi Alessandro Florencini sotib olmoqchi emas.

"RMC Sport"ning takidlashicha, parijliklar "Tottenxem" himoyachisi Serj Oreni sotib olishga qiziqishmoqda. PSJ 28 yoshli futbolchining transferini 10 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, Ore 2014 yildan 2017 yilgacha PSJda o'ynagan. U klub tarkibida Liga 1'da ikki marta g'olib chiqqan.

Ore ushbu mavsumda 26 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli pas uzatgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport